Xonandalar "O‘zbekkonsert"dan litsenziya olish uchun jonli kuylab beradilar

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishBardi vo vremya vistupleniya na festivale avtorskoy pesni
Bardi vo vremya vistupleniya na festivale avtorskoy pesni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi xulosasidan kelib chiqib, badiiy jihatdan puxta qo‘shiqlar ijrochilariga litsenziya beriladi.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Avvallari xonandalar o‘z qo‘shiqlarini diskka yozdirib, qo‘shiq matnlarini ilova qilgan bo‘lsalar, endilikda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga kelib o‘z repertuarlaridagi qo‘shiqlarni ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar (shoir, bastakor hamda ustoz xonandalar) tarkibidan iborat guruhga jonli ijroda kuylash orqali taqdim etadilar. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi axborot xizmati xabar qildi.

To‘rt nafar xonanda litsenziyadan mahrum qilindi

Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi xulosasidan kelib chiqib, badiiy jihatdan puxta qo‘shiqlar ijrochilariga litsenziya beriladi.

Muassasaning ma’lum qilishicha, Ijodiy vakillar guruhining kuni kecha bo‘lib o‘tgan navbatdagi Kengash yig‘ilishida 32 nafar litsenziatning qo‘shiqlari Kengash a’zolari oldida jonli ravishda tinglandi.

Litsenziya olmoqchi bo‘lgan yosh ijrochi ijodkorlarga hamda keng ommaga litsenziya berish, Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi oldida jonli ijroda o‘z ijodiy salohiyatini namoyish etish oshkora o‘tishini ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalari jalb etildi.

Yangiliklar lentasi
0