To‘rt nafar xonanda litsenziyadan mahrum qilindi

Obuna bo‘lish
Toxir Sadikov, Aziza Niyozmetova, Sharof Mukimov va Sherali Bekmuradovlarning litsenziyalari bekor qilingan.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. "O‘zbekkonsert"  to‘rt nafar xonandani litsenzisidan mahrum qildi, deb xabar qilingan muassasa rasmiy saytida.

"Litsenziatlar Toxir Sadikov, Aziza Niyozmetova, Sharof Mukimov va Sherali Bekmuradovlar bilan tuzilgan litsenziya bitimining 4.2.-bandida nazarda tutilgan shartlar buzilganligi, hamda Toshkent shahar Soliq boshqarmasining 2017-yil 10-iyuldagi 15/2-16347-sonli xatini inobatga olib, ushbu xonandalar nomiga berilgan litsenziyaning amal qilishi 11-iyuldan tugatilganligi bildiramiz", — deyilgan "O‘zbekkonsert" e’lon qilgan rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston qonunlariga ko‘ra, tomosha va konsertlarda ishtirok etuvchi xonandalar litsenziyaga ega bo‘lishlari, o‘z faoliyati natajalaridan soliq to‘lab borishlari kerak. "O‘zbeknavo" saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 2109 nafar ijrochiga litsenziya berilgan.

Yangiliklar lentasi
0