O‘zbekistonda 225ta xorijiy filmni olib kirish, ko‘paytirish va tarqatish taqiqlandi

© AFP 2023 / Valerie MaconMujchina v kostume zombi u ogradi Universal Studios Hollywood v Kalifornii
Mujchina v kostume zombi u ogradi Universal Studios Hollywood v Kalifornii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sujetida shafqatsizlik, vahshiylik, zo‘ravonlik hamda behayolik sahnalari mavjud bo‘lgan xorijiy kinofilmlar ro‘yxati tasdiqlandi

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston hududiga olib kirish, ko‘paytirish va tarqatish tavsiya etilmaydigan xorijiy kinofilmlar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi Ekspert komissiyasi yig‘ilishining bayoni bilan "O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, ko‘paytirish va tarqatish tavsiya etilmaydigan yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, sujetida shafqatsizlik, vahshiylik, zo‘ravonlik hamda behayolik sahnalari mavjud bo‘lgan xorijiy kinofilmlar ro‘yxati" tasdiqlangan.

Igrok v kompyuternie igri - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 30dan ortiq kompyuter o‘yinlari taqiqlandi

Ekspertiza natijalariga ko‘ra ushbu ro‘yxatga 225 ta xorijiy kinofilm kiritilgan bo‘lib, mutaxassislar tomonidan sujetida zo‘ravonlik, shafqatsizlik, vahshiylik, behayolik, narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlari iste’molini, shuningdek axloqiy buzuqlik, yengiltabiatlik, shahvoniy nafsga erk berish, besoqolbozlik, svingerlikni targ‘ib qiluvchi sahnalar mavjudligi bois O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish tavsiya etilmaydi deb topilgan.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq zo‘ravonlik, shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi,pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki respublika hududiga olib kirish, uni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish kabi xatti-harakatlar taqiqlanadi.

Taqiqlangan filmlar ro‘yxati agentlik saytida keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0