O‘zbekistonda 30dan ortiq kompyuter o‘yinlari taqiqlandi

© Collage Sputnik / findaIgrok v kompyuternie igri
Igrok v kompyuternie igri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Qora ro‘yxat"ga zo‘ravonlik, pornografiya, xavfsizlik va mamlakat ijtimoiy-siyosiy barqarorligini izdan chiqarishni targ‘ib qilishi mumkin bo‘lgan 34ta o‘yin kiritildi

TOShKENT, 27-may — Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasi O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish tavsiya etilmaydigan kompyuter o‘yinlari ro‘yxatini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Kompyuter o‘ynayotgan bolalar - Sputnik O‘zbekiston
Kompyuter bolalari yoxud Internetga tobe taqdirlar

"Qora ro‘yxat"ga 34ta o‘yin kiritildi, ular orasida Grand Theft Auto: San Andreas, Mass effect, Dead space, Call of duty: Black ops, Silent Hill, Resident evil 4 kabi dunyoga mashhur o‘yinlar bor.

Bu o‘yinlar zo‘ravonlik, pornografiya, mamlakat xavfsizligi va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, fuqarolar tinchligi, millatlararo va dinlararo totuvlikni buzish, O‘zbekiston to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlar tarqatish hamda uning tarixiy, madaniy va ma’naviy boyliklari buzib ko‘rsatilishini targ‘ib qilishda foydalanilishi mumkinligi bois taqiqlandi.

Ro‘yxatda keltirilgan eng eski o‘yin 1995-yilda chiqarilgan Phantasmagoria, eng yangilari esa 2016-yilda chiqarilgan. Bular Doom 4, Dead by Daylight va Hitman o‘yinlaridir.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0