TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston gastronomik turizm yo‘nalishida rossiyaliklar uchun ommabop MDH va yaqin chet el mamlakatlari reytingi beshligiga kirdi. Bu haqda TurStat tahliliy agentligi ma’lum qildi.
Reyting gastronomik turlarga bo‘lgan talabni tahlil qilish ma’lumotlariga asoslanib tuzildi.
MDH mamlakatlari bo‘ylab eng ommabop gastronomik turizm mamlakatlari reytingiga Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston va O‘zbekiston kiritildi.
Agentlikning bildirishicha, MDH mamlakatlari bo‘ylab gastronomik turlar Rossiyada eng tez rivojlanayotgan turizmga aylanmoqda.
TurStat ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar uchun eng ommabop gastronomik turlar bu bir haftalik sayohatlardir.
Masalan, Rossiyadan Ozarbayjon yoki Gruziyaga yetti kunlik gastronomik tur aviachiptalar bilan birgalikda o‘rtacha 800 dollar, Qozog‘iston va Armanistonga 900 dollar, O‘zbekistonga esa 1000 dollarga tushadi.
Gastronomik turizm bu — mamlakat bilan uning gastronomiyasi, mahalliy oshxonasi va pazandalik mahorat darslari orqali tanishish uchun sayohat va gastronomik turlardir.
O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.