Jahon banki O‘zbekistonga 295 mln dollar kredit ajratadi

© AFP / Daniel SLIM Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone
Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon banki direktorlar kengashi O‘zbekistonga melioratsiya va chorvachilik bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun 294,9 million dollar kredit ajratilishini ma’qulladi

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Bu haqda RIA Novostiga respublika Iqtisodiyot vazirligi vakili ma’lum qildi.

Limon yetishtirish - Sputnik O‘zbekiston
Limonchilik va parrandachilik uchun 4 mln oilaga kreditlar beriladi

Gap xususan, Farg‘ona vodiysida yerlar melioratsiyasi va suv resurslarini boshqarishni yaxshilash bo‘yicha loyihaning ikkinchi bosqichini amalga oshirish uchun 144,9 million dollar miqdoridagi kredit haqida ketmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish loyihasini amalga oshirish uchun 150 million dollar miqdorida kredit ajratishga qaror qilingan. Loyiha doirasida veterinariya xizmatlarini yaxshilash va zamonaviy texnologiyalar sotib olish uchun mamlakatdagi chorvachilik fermalari uchun kredit berish rejalashtirilgan.

2016 yilda Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekiston bilan 2016-2020 yillardagi hamkorlikning yangi konsepsiyasini tasdiqladi. JB respublika uchun umumiy qiymati 4 milliard dollarni tashkil etuvchi 27ta ustuvor loyiha uchun 3 milliard dollardan ortiq mablag‘ni zaxiraga ajratdi.

O‘zbekiston 1995-yilda JBga a’zo bo‘lgan. 1995-yildan buyon bank O‘zbekistonga turli sohalardagi 33ta loyihani amalga oshirish uchun 2,8 milliard dollarga yaqin kredit va zayomlar ajratgan.

Yangiliklar lentasi
0