TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. "O‘zbekbaliqsanoat" assotsiatsiyasi raisining o‘rinbosari R. Qurbanov 2017-yildan boshlab O‘zbekiston hukumati tomonidan baliqchilik sohasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha keng miqyosdagi chora-tadbirlar olib borilayotganligini ma’lum qildi. Shu maqsadda to‘rt dona baliqchilik kemasini qurish bo‘yicha pudratchilar hamda baliqchilik sanoati uchun zarur uskunalarni yetkazib beruvchilar izlanmoqda. O‘zbekiston tomoni shuningdek, baliqchilik flotida xizmat qiluvchi malakali mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda.
Bu borada Astraxan viloyatidagi kemasozlik zavodlari bir nechta baliqchilik kemalari loyihasini taklif etdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston baliqchilik floti uchun kadrlar tayyorlashda ko‘maklashiladigan bo‘ldi, deb yozadi astrakhan-24.ru.
Tashrif davomida tomonlar "O‘zbekbaliqsanoat" assotsiatsiyasi va "Astraxanskaya setevazalnaya fabrika" AJ o‘rtasida hamkorlik haqida protokol imzolashga kelishib oldilar.
Ushbu hujjatga muvofiq, O‘zbekiston tomoni baliqchilikda foydalaniladigan to‘r va baliq tutish vositalarini sotib oladi, fabrika esa o‘zbek baliqchilariga baliqchilik qurollaridan foydalanish texnikasini o‘rgatadilar.