Baliqmisan, baliq: Mirziyoyev farmoniga ko‘ra qimmatli baliq turlari ko‘paytiriladi

© Sputnik / Andrey Aleksandrov / Mediabankka o‘tishBaliq ovi
Baliq ovi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining yangi qaroriga muvofiq "O‘zbekbaliqsanoat" uyushmasi tashkil etiladi, uning tarkibiga joylarda baliqchilik tarmog‘i tashkilotlari ishlarini muvofiqlashtiruvchi 13 ta hududiy "Baliqsanoat" mas’uliyati cheklangan jamiyati kiradi

TOShKENT, 2-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev "Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Ferma - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda chorvachilik va baliqchilikka alohida e’tibor qaratiladi
Hujjatda ta’kidlanishicha, baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish, baliqchilik va baliq ovlash tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, baliq mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, tabiiy va sun’iy suv havzalaridan oqilona foydalanish, shuningdek, baliq yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va intensiv texnologiyalarini joriy etish maqsadida "O‘zbekbaliqsanoat" uyushmasini tashkil etiladi.

Baliq chorvalarini yetishtirishni takomillashtirish bo‘yicha tabiiy va sun’iy suv havzalarini baliqlantirish uchun qimmatli baliq turlarini ko‘paytirishni yo‘lga qo‘yishda baliqchilik tarmog‘i tashkilotlariga ko‘maklashish; lichinka ishlab chiqarish bo‘yicha yangi inkubatsiya sexlarini tashkil etish, baliq chavoqlari yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish, baliq chavoqlari yetishtirish bo‘yicha mavjud hovuzlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish ishlari olib borilishi ta’kidlangan.

Shuningdek, suv havzalari tashkil etish uchun yer uchastkalari berish masalalarida tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni ta’minlash;

baliq yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini, shu jumladan, qafas usulini keng joriy etish hamda tabiiy va sun’iy suv havzalarida mahsuldorlikni ko‘paytirish hisobiga baliq ovlash hajmlarini oshirish;

Korovi na molochno-tovarnoy ferme - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatida chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik rivojlantiriladi
baliqlar uchun to‘la qiymatli, yuqori oqsilli ozuqalar ishlab chiqarish uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish yo‘li bilan baliqchilik tarmog‘ining ozuqa bazasini mustahkamlash belgilangan.

Ta’kidlanishicha, "O‘zbekbaliqsanoat" uyushmasini, uning hududiy "Baliqsanoat" mas’uliyati cheklangan jamiyatlarini va uyushma tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga 2023-yilning 1-yanvarigacha urug‘, baliq chavoqlari va tovar baliq yetishtirishdan, baliq mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlashdan olingan daromadlaridan yagona soliq to‘lovi to‘lashdan ozod etish bo‘yicha imtiyozlar berilmoqda.

Bunda bo‘shaydigan mablag‘lar, birinchi navbatda, belgilangan tartibda baliqchilik tashkilotlarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga, baliqchilik tarmog‘ining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va soha xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0