Android smartfonlarida "vahima" funksiyasi paydo bo‘ldi

© Youtube / OT4TechSmartfon Android One
Smartfon Android One - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Vahima" funksiyasi zararli dasturlarni majburan yopib, telefonning ishlash iobiliyatini tiklaydi.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Google e’lon qilgan Androidning eng so‘nggi versiyasida yashirin "vahima" (panika) funksiyasi paydo bo‘ldi. Uning asosiy  vazifasi zarar keltiruvchi dasturlar va viruslar bilan kurashishdir.

"Vahima" (panic) - funksiyasi foydalanuvchi orqaga qaytish knopkasini to‘rt marotaba ketma-ket bosganidan keyin ishlab ketadi. Uning asosiy vazifasi — bosh ekranga qaytib, telefonning ishlash qobiliyatini tiklashdir.

Shunday yo‘l bilan "Vahima" funksiyasi zararli dasturlar yoki virus telefonga kirib olishidan saqlaydi. U  dasturni yopishga xalal berayotgan programmalarni majburan yopib mobil qurilma ishini qayta tiklaydi. Yangi funksiya Androidning eng so‘ngii Android Nougat 7.1. versiyasida ishlaydi.

Yulg‘ich-virus Yevropa va Osiyo kompyuterlariga hujum qilmoqda

Ushbu funksiya Android foydalanuvchilariga juda qo‘l kelishi aniq. Chunki oxirgi yillarda aynan ushbu tizimda ishlayotgan uskunalar uchun ko‘plab viruslar va zararkunanda dasturlar paydo bo‘lmoqda.

Norton AntiVirus kompaniyasi o‘tkazgan izlanishlarga qaraganda, zararli dasturlar yoki virus yaratish juda foydali biznesga aylanmoqda. Viruslar yordamida foydalanuvchiga majburiy reklama namoyish qilish, uning shaxsiy ma’lmotini yoki pulini o‘g‘irlash mumkin.

Manba "Populyarnaya mexanika" jurnali.

Yangiliklar lentasi
0