TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Bishkek shahrida yosh bola ustiga podyezdning temir eshigi tushib ketdi. Sputnik Qirg‘iziston muxbiriga berilgan xabarga asosan.
Xabarda aytilishicha, bu xodisa Suxe Bator va Aali Tokombayev ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan.
"Quruvchilar temir eshikni demontaj qilib, podyez devoriga tirab qo‘yishgan ekan. Qandaydir sabablarga ko‘ra, ushbu temir eshik besh yoshli bola ustiga tushib ketdi. Bola hushsiz holatda shifoxonaga olib ketildi", — dedi suhbatdosh.
Hozirgi vaqtda Qirg‘iziston IIBB matbuot xizmati ushbu xabar tekshirilmoqda.