TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Toshkentda kuni kecha sobiq TAPOiCh oldidagi yangi yo‘lda yuk avtomashinasi yonib ketdi. Podrobno.uz xabariga asosan.
Facebookdagi «Voditeli Tashkenta» guruhi a’zolari voqea joyida olingan rasmlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Voqea shohidi bo‘lganlarning aytishlaricha, yo‘lda MAN rusumli yuk mashinasi yongan. Yuk mashinasi haydovchisi mo‘’jiza tufayli o‘limdan qutulib qoldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, elektr tarmoqlarining issiqda qizib ketishi oqibatida yong‘in paydo bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan yong‘in xizmati bo‘linmalari yetib kelib, yong‘inni bartaraf etishdi.
Yashnaobod tumani yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan ushbu holat bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilmoqda.