TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Yangi yil arafasida uzunligi 90 km bo‘lgan Qarshi – Dehqonobod temir yo‘lini elektrlashtirish yakunlandi, deb xabar qildi “O‘zbekiston Temir yo‘llari” kompaniyasi matbuot xizmati.
Temir yo‘lining ushbu qismi umumiy uzunligi 325 km bo‘lgan Qarshi – Termiz temir yo‘lining muhim bo‘lagi bo‘lib u teplovozlarni zamonaviy elektrovozlar bilan almashtirish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida temir yo‘l transporti xarajatlarinining uchdan bir qismini qisqartirish va temir yo‘lning o‘tkazish tezligini sezilarli darajada oshirish imkonini yaratadi.
Temir yo‘lini elektrlashtirish uchun foydalanlgan ehtiyot qismlarning katta qismi, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish dasturi doirasida, mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan. Bunday mahsulotlardan foydalanish – valyuta resurslarini tejash uchun xizmat qiladi.
O‘zbekiston Temir yo‘llari xodimlari xabariga ko‘ra Qarshi – Termiz temir yo‘lini elektrlashtirish ishlari 2017-yilda to‘liq yaunlanishi kutilmoqda.