Tramp Islom davlati terrorchilik uyushmasini yo‘q qilishga va’da berdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishInauguratsiya izbrannogo prezidenta SShA D. Trampa v Vashingtone
Inauguratsiya izbrannogo prezidenta SShA D. Trampa v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Mosul shahrining terrorchilardan ozod qilinishi - bu Iroqda va Suriyada Islom davlatining kuni bitganligidan dalolat bermoqda

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp "Islom davlati" terrorchilik uyushmasini yo‘q qilishga va’da berdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v sammite Gruppi dvadsati v Gamburge - Sputnik O‘zbekiston
Tramp va Putinning birinchi uchrashuvi qanday o‘tdi

Kuni kecha Iroq bosh vaziri Xayder al-Abadi Mosul shahri "Islom davlati" jangarilaridan ozod etilganligini haqida bayonnot qilgan edi. Ushbu g‘alaba bilan Tramp Iroq hukumatiga tabrik yo‘lladi.

"So‘nggi 6 oy ichida biz "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga qarshi kurashishda katta muvaffaqiyatlarga erishdik. Biz "Islom davlati"ni butunlay yo‘q qilish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz", — deb ta’kidladi AQSh prezidenti.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Mosul shahrining terrorchilardan ozod qilinishi — bu Iroqda va Suriyada Islom davlatining kuni bitganligidan dalolat beradi.

Mosul shahrini terrorchilardan ozod qilish operatsiyasi 2016-yil oktabr oyida boshlangan edi. Ushbu shahar 3-yildan ortiq muddat terrorchilar qo‘lida bo‘lgan. Shaharni ozod qilish operatsiyasida AQSh maxsus kuchlari, federal politsiyasi hamda Iroq qurolli kuchlari ishtirok etishdi.

Iroq bosh vaziri so‘zlari ko‘ra, Mosul shahridagi eng asosiy masjidi An Nurining ozod etilishi bu Islom davlatining "sohta davlatning" kuni yakunlanayotganligidan dalolat bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Islom davlatining yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy 2014-yilda aynan Mosul shahridagi an-Nuri masjidida "xalifatlik"ni e’lon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0