Qirg‘iziston Chexiya bilan 10dan ortiq GES qurish haqida shartnoma imzoladi

© Press-slujba pravitelstva / Sabir AilchiyevToktogulskaya GES v Kirgistane
Toktogulskaya GES v Kirgistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘rt yil ichida umumiy qiymati 230 mln dollar bo‘lgan Akbulun va Norin-1 GESlarini quriladi. Rejaga ko‘ra yuqori Norin GESlarining umumiy quvvati 237 Megavatt bo‘lishi kerak.

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Qirg‘iziston Chexiyaning kompaniyasi bilan bir 10dan ortiq GESlar qurish haqida shartnoma imzoladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Bugun Qirg‘iziston hukumati va Chexiyaning Liglass Trading CZ, SRO kompaniyasi orasida Akbulun va Norin-1, Yuqori-Norin GESlar kaskadi hamda "Qirg‘izistonda kichik gidroelektrostansiyalar qurish haqidagi" shartnomalarni imzoladi. Shartnomalar imzolash jarayonida prezident Almazbek Atambayev shaxsan ishtirok etdi.

"Yevropalik yirik sarmoyadorlarning Qirg‘izistonga kelishi butun dunyo sarmoyadorlari uchun yaqqol misol bo‘ladi. Qirg‘iziston biznes rivojlanishi hamda o‘zaro foydali bo‘lgan shartnomalarni amalga oshirish uchun barcha sharoitlarni tayyorlamoqda", — dedi Qirg‘iziston prezidenti.

"Qirg‘izistonda kichik gidroelektrostansiyalar qurish haqidagi" shartnomasi 2020-yil oxiriga qadar  10dan ortiq kichik GESlar qurishni nazarda tutgan. Xususan, 2019-yil oxiriga qadar "Orto-Tokoy-1", "Orto-Tokoy-2", "Papan", "Chon-Aksuu", "Kirovskaya", "Karasuu levaya-1", "Karasuu levaya-2" hamda 2020-yil oxiriga qadar "Sandik-1", "Sandik-2" va "Sandik-3"  kichik GESlari uchun texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqarish, elektrostansiyalar qurish va ularni ishga tushirishni o‘z ichiga olgan.

Yuqori Norin kaskad GES qurilish bazasi - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston O‘zbekistonni GES qurishga chaqirdi

Liglass Trading CZ, SRO GESlar qurish rejasini ikki bosqichda amalga oshiradi. Birinchi navbatda Akbulun va Norin-1 GESlarini qurish rejalashtirilgan. Ularni qurish uchun 230 million dollar sarflanadi va 4-yil vaqt kerak bo‘ladi. Rejaga ko‘ra yuqori Norin GESlarining uchumiy quvvati 237 Megavatt bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida tilga olingan GESlar 2012-yilda imzolangan shartnomalar asosida, Rossiya sarmoyalari ishtirokida qurilishi kerak edi. Rossiyaning eng yirik GESlar quruvchi korxonasi "Rusgidro" ushbu qurilishning boshlang‘ich bosqichi uchun 37 mln dollar sarflashga ulgurgan edi. Lekin 2016-yilda Rossiya iqtisodiy murakkab sharoit tufayli ushbu shartnomaga sarmoyalar kiritishdan voz kechdi va shartnoma bekor qilingan edi. Bugun imzolangan shartnomaga ko‘ra, Chexiyaning Liglass Trading CZ, SRO kompaniyasi, "Rusgidro" xarajat qilgan 37 million dollarni bir oy ichida Rossiya kompaniyasiga qaytarib beradi.

Yangiliklar lentasi
0