Qirg‘iziston O‘zbekistonni GES qurishga chaqirdi

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishYuqori Norin kaskad GES qurilish bazasi
Yuqori Norin kaskad GES qurilish bazasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston hukumati Yuqori Norin kaskadi GES qurilishi uchun sarmoyadorlarni "har qanday sharoitda ham topadi", axir endilikda u yerda "siyosiy tuzilmaning o‘zi yo‘q", - dedi Atambayev

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. "Qirg‘iziston "har qanday sharoitda" Yuqori Norin kaskadi GES va Qambarota GES qurilishi uchun sarmoyachilarni topadi", — deya bayonot qildi payshanba kuni Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida.

Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev kimni O‘zbekiston Prezidenti sifatida ko‘rishni istayotganini aytdi
Eslatib o‘tamiz, Atambayev yanvar oyi oxirida Rossiya Yuqori Norin kaskadi va Qambarota GES qurilishini moliyalashtirish imkoniga ega emas, degan ta’kid bilan chiqish qilgan edi.

Bugun esa u Qirg‘iziston "har qanday sharoitda ham" ushbu yirik GESlar qurilishi uchun "sarmoyadorlarni topishini" ta’kidlab o‘tdi, hamda "axir har holda endi u yerda siyosiy tuzilmaning o‘zi yo‘q" deya qo‘shimcha qildi.

"Biz bugun Yuqori-Norin kaskadi va Qambarota-1" bo‘yicha ishlashimiz darkor. Agar O‘zbekiston ushbu qurilishning ta’sischilaridan biri bo‘lganda, yaxshi bo‘lar edi. Axir bu GES O‘zbekiston ehtiyojlari uchun qurilmoqda. Ushbu loyiha Qirg‘izistonni elektr energiyasi bilan, va shu bilan bir qatordaa O‘zbekiston va Qozog‘istonni suv bilan ta’minlaydi. Agar uchchalamiz ish boshlasak, sarmoyachilar ham topiladi", — deya xotima qilgan Qirg‘iziston prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0