O‘zbekiston va Xitoy eksport hajmini oshirishga kelishdi

© SinxuaShavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish, shu jumladan Xitoy bozoriga eksport qilinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati va hajmini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev Xitoy Xalq Respublikasining Sifat nazorati, inspeksiya va karantin bo‘yicha bosh ma’muriyati vaziri Chji Shupin bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilindi O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi rasmiy saytida.

Predsedatel KNR Si Szinpin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro tashqi savdo hajmini 10 mlrd dollardan oshirishmoqchi
Xabarda aytilishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Xitoyga jami qiymati 14,4 mln. dollarlik 7,6 ming tonnadan ortiq meva-sabzavot, jumladan, qizilmiya ildizi, quritilgan uzum, qovun, o‘rik mahsulotlari eksport qilingan.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish, shu jumladan Xitoy bozoriga eksport qilinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati va hajmini kengaytirish istiqbollari muhokama qilingan.

Tomonlar Xitoyga gilosni eksport qilishda hamda uy hayvonlari uchun ozuqani eksport qilishda karantin holatini bajarish bo‘yicha bayonnomalar imzolaganlar.

Yangiliklar lentasi
0