TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy tashqi savdo hajmini 10 mlrd dollardan oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda Podrobno.uz. nashri xabar berdi.
Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Sun Lisze O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish ishlarini yanada tezlashtirish hamda ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari batafsil muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-15 may kunlari Xitoyda davlat tashrifi amalga oshirilgan edi. Tashrif davomida Xitoy va O‘zbekiston orasida energetika, neftni qayta ishlash, elektrostansiyalarni zamonaviylashtirish, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati, transport kommunikatsiyalari va boshqa sohalarga oid hujjatlar imzolangan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.