O‘zbekiston rahbari Sindzo Abega hamdardlik bildirdi

© IA "Jaxon"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiyaning Kusyu orolida bir necha kundirki, jala quyishi davom etmoqda. Buning oqibatida yer ko‘chishi va suv toshqinlari yuzaga kelmoqda

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya Bosh vaziriga hamdardlik bildirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar mahkamasi.

Liven - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiyada kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli aholi evakuatsiya qilinmoqda
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe nomiga Fukuoka va Oita prefekturalaridagi keng ko‘lamli tabiiy ofat natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va vayronliklar munosabati bilan maktub yo‘lladi.

"Chuqur ta’ziyamni qabul qilishingizni va halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman, jabr ko‘rganlar tezroq sog‘ayib ketishini tilayman", — deyiladi O‘zbekiston prezidenti yo‘llagan maktubda.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning janubi-sharqiy Kusyu orolida jala quyishi oqibatida yuz bergan tabiiy ofat natijasida 18 kishi halok bo‘lgan, hukumat esa yana 30 kishi bilan bog‘lana olmayapti.

Fukuoka va Oita prefekturalaridagi 1,8 ming kishi ayni vaqtda evakuatsiya markazlariga olib kelingan.

Yangiliklar lentasi
0