TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli Yaponiyaning Xamamatsu shahrida 197 mingdan ortiq odamlar evakuatsiya markazlariga ko‘chib o‘tishi lozimligi haqida ogohlantirildi. Bu haqda RIA Novosti ushbu shahar ma’muriyatiga tayangan holda xabar berdi.
Kuchli yog‘ingarchiliklar natijasida darolarda toshqin ruy berib, atrofdagi binolarni suv bosishi xavfi mavjud.
Sal oldin ham Yaponiyaning 3 ta viloyatidan 30 mingga yaqin aholi xavfsiz joyga ko‘chirilishi haqida xabar berilgan.
Bashoratlarga ko‘ra, ushbu hududlarda bir sutkada yarim metrga teng yomg‘ingarchiliklar tushadi.
Ayni paytda, kuchli yog‘ingarliklar tufayli tog‘ oldidagi binolar xavf ostida qolmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.