"Meni qora odam chaqirayapti": o‘z joniga qasd qilgan maktab o‘quvchisi g‘alati xat qoldirdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovQiz
Qiz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning G‘arbiy qismida yashovchi, o‘ziga to‘q oila farzandi bo‘lgan o‘n olti yashar qiz o‘ta g‘alati shart-sharoitda o‘z joniga qasd qilgan

TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. G‘arbiy-Qozog‘istonning Kaztalov tumani, Taldapan shaharchasida istiqomat qiluvchi to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi, deb xabar berdi Sputnik Qozog‘iston nashri.

Bemorlarni tashuvchi aravacha - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda 9 yashar bolakay remenga osilgan holatda topildi
Fojia 5-iyul kuni yuz bergan. Xabarda aytilishicha, qiz o‘sha kuni hamma dugonalarini aylanib chiqqan, so‘ng uyiga qaytib, o‘zini osgan.

Qiz vafotidan so‘ng uning yonidan g‘alati mazmundagi aktub topilgan: marhuma o‘z o‘limi oldidan qoldirgan xatda "ancha vaqtdan beri ajal-qora odam uni o‘zi tomon chorlayotganiga" iqror bo‘lgan.

"Agar men o‘zimni osmasam, u hamma yaqinlarimni olib ketishini aytapti. Mana hozir ham yonimda turib, meni tezlashtirapti, shuning uchun shoshib yozapman. Iltimos, mening o‘limimda hech kimni ayblamang", — deyilgan maktubda.

Xat Kazlatov tumani hokimi o‘rinbosari Zaylim Majitov tomonidan o‘qib eshittirilgan.

Xabarda aytilishicha, marhuma a’lo baholarga o‘qigan va 8-iyul kuni do‘stlari bilan Ostonadagi EKSPO ko‘rgazmasiga borishi kerak bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0