Qozog‘istonda 9 yashar bolakay remenga osilgan holatda topildi

© PixabayBemorlarni tashuvchi aravacha
Bemorlarni tashuvchi aravacha - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bola shkaf bandiga bo‘yniga remen o‘ralgan holatda topilgan, politsiyachilar ma’lumotiga ko‘ra, u nohasdan bo‘g‘ilib qolgan bo‘lishi mumkin

TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Ushbu mudhish voqea Qozog‘istonning Kokshetausida sodir bo‘lgan. To‘qqiz yashar bolakay o‘z uyida, shkaf bandiga remenda osig‘liq holatda topilgan, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.

Xabarda ta’kidlanishicha, hodisa 18-noyabr kuni kechqurun ro‘y bergan.

"2007 yilda tug‘ilgan balog‘atga yetmagan bolakay, ko‘chada o‘ynab, uyiga qaytgan. Oradan sal vaqt o‘tgach u uyida remenda bo‘g‘ilgan holatda topilgan. Remen shkaf dastagiga o‘ralgan bo‘lgan", — deb xabar qilmoqda agentlik.

Nashrda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bolakay buvisi qo‘lida tarbiyalangan. Bola tanasida zo‘ravonlik izlari aniqlanmagan.

Ushbu holat yuzasidan "o‘z joniga su’iqasd qilishga majburlash" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ammo, politsiyachilar ma’lumotiga ko‘ra, bolakay noxasdan bo‘g‘ilgan bo‘lishi ham mumkin.

Yangiliklar lentasi
0