TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro buro davlat inspektorlari mopedlar bilan ta’minlanadi. Bu O‘zbekiston prezidentining farmoyishiga asosan amalga oshirilmoqda.
Farmoysh talablariga asosan yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan amalga oshirish maqsadida Majburiy ijro burosi davlat inspektorlari uchun mopedlar xarid qilinadi.
Mopedlarni xarid qilish 15-iyul kuniga qadar amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, ushbu farmoyishga asosan Majburiy ijro burosining yagona qisqa ishonch raqami 1107 ish faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu raqam orqali elektr energiyasi va tabiiy gaz noqonuniy iste’mol qilish holatlari to‘g‘risida xabarlar qabul qilinadi.
Ishonch telefon raqamlari ham 15-iyulgacha joriy etish rejalashtirilgan.