Dollarning rasmiy kursi 4000 so‘mdan oshib ketdi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri: dollari SShA
Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Markaziy banki 11-iyuldan valyutalarning yangi qiymatini belgiladi

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda dollar va yevro kursi o‘sishda davom etmoqda.Markaziy bank dollar va yevroning O‘zbekiston milliy valyutasiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "qora bozor" qonuniylashtirildimi?

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi bir hafta ichida 27,95 so‘mga, 3 986,55 so‘mdan 4014,50 so‘mga ko‘tarildi.

Yevroning qiymati qariyb 33,44 so‘mga oshib 4 535,46 so‘mdan 4568,90 so‘mga yetdi.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ayrim mahalliy OAV va internet nashrlarda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-iyunda qabul qilingan 449-son qaroriga muvofiq, "Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga o‘zgartirishlar kiritilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0