TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Keyingi kunlarda O‘zbekistonda kuzatilayotgan jazirama ob-havo tufayli toshkentliklar va umuman viloyat aholisi salqinlash uchun Chorvoq suv ombori tomon shoshilishga majbur bo‘lishgan.
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan suratlarda ko‘rinib turibdiki, Chorvoq suv ombori yo‘lida mashinalarning ulkan tarbandligi hosil bo‘lgan.
Ushbu masala bo‘yicha internetda quyida fikrlar bildirilmoqda:
"Shu probkada o‘tirgandan ko‘ra, tinchgina uyda o‘g‘limga olib bergan basseynda cho‘milganim yaxshi " — deya hazilamuz izoh qoldirgan Mamatov Nematjon.
"Mashinamga achinib ketdim, tormozlarni gapirmasa ham bo‘ladi" — deb izoh yozgan Ravshan Israilov.
Fotosuratlardan birining ostida foydalanuvchilardan biri "Aytdim-a, Toshkentda tirbandliklar yo‘qolib qoldi, gap bu yoqda ekan-da", — deb yozgan.