TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. IIV YHX bosh boshqarmasi Toshkent shahrida yo‘l harakatini boshqarishning kompyuterlashtirilgan tizimi tomonidan qayd etilgan va sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan muddatlarda jarimalarni to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan korxona va tashkilotlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda IIV rasmiy veb-sayti xabar berdi.
Ushbu ro‘yxatga ko‘ra, Hospital Doctor Di korxonasiga tegishli bo‘lgan Hyundai H1 rusumli avtomobili eng ko‘p 23 ta qoidabuzarliklar sodir etdi. Shu bilan birga, mazkur korxonaga tegishli bo‘lgan ikkita avtomobil 12 ta va 8 ta qoidabuzarliklar qayd etildi. Shuningdek, Doctor-Servis, Doctor Profi xususiy klinikalar va Sog‘liqni saqlash markazi ushbu ro‘yxatda o‘rin oldi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tamizki, ro‘yxatning uchinchi o‘rinda — Toshkent hokimligiga tegishli bo‘lgan Epica rusumli avtomobili 12-marta qoidabuzarlik sodir etdi.
Ushbu ro‘yxatdan jami 62 ta korxona va tashkilot nomi qayd etildi.
YHX Bosh boshqarmasi jarimalarni ixtiyoriy ravishda to‘lash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan 60 kunlik muddatni o‘tkazib yuborish, transport vositalarini ushlash va jarima maydonlariga joylashtirishga sabab bo‘lishi haqida ogohlantiradi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.