Tramp va Putinning ilk uchrashuvda qanday masalalar muhokama qilinadi?

© REUTERS / Carlos BarriaPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yilning 7-8 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan “G20 - Katta yigirmalik” sammitida Tramp va Putin ilk bor shaxsan uchrashuv o‘tkazishlari mumkin.

TOShKENT, 3-iyul – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuv chog‘ida Suriya va Ukrainadagi vaziyat muhokama qilish rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda RIA Novosti CNN xabariga asosan.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, Tramp Putin bilan uchrashuvda Suriyadagi harbiy vaziyatni va Rossiyaning Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qilmoqchi. Undan tashqari “Ukrainada Rossiyaning harakati” masalasi ham ko‘tariladi. CNN telekanalning qo‘shimcha ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyaning AQShda bo‘lib o‘tgan saylov jarayoniga “aralashuvi” mavzusi ko‘tarilmaydi.

AQSh prezident milliy xavfsizlik maslahatchisi Gerbert Makmasterning fikriga ko‘ra, Germaniyaning Xamburg shahrida G20 sammitida Tramp ko‘plab davlat rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirgan, shu jumladan Rossiya prezidenti Putin bilan.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov fikriga ko‘ra, AQSh va Rossi rahbarlari uchrashuvi natijasida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga aniqlik kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, Putin va Tramp shu yil boshidan 3-marta telefon orqali suhbat o‘tkazishgan. Siyosatchilarning fikriga ko‘ra, “Katta yigirmalik” sammitida ilk bor shaxsan uchrashuv o‘tkazishadi.

Yangiliklar lentasi
0