Mirziyoyev Namangan shahridagi uy-joylar qurilishi bilan tanishdi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishCtroitelstvo domov po tipovomu proyektu
Ctroitelstvo domov po tipovomu proyektu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident kvartiralarni taqsimlashda adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish lozimligini qayd etdi

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida shaharning Uychi ko‘chasini obodonlashtirish, infratuzilmasini takomillashtirish, rekonstruksiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mazkur ko‘chada o‘n beshta ko‘p qavatli turar joy binosi va o‘ndan ziyod infratuzilma obyekti qurilmoqda. O‘tgan yilning kuzida ushbu ko‘chada Namangan shahar 2-bolalar va o‘smirlar maktabining zamonaviy binosi foydalanishga topshirilgan. Ikkita yopiq sport zali va boshqa zarur xonalarga ega bo‘lgan majmuada sportning ko‘plab turi bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratilgan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Namangandagi farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldi

Prezident ko‘p qavatli turar joylarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish, aholi uchun zarur sharoitlar yaratish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Shu yerda Namangan shahrida namunaviy loyiha asosida bunyod etilayotgan 8 ta yetti qavatli arzon turar joy binosi, Farg‘ona vodiysi temir yo‘llarini elektrlashtirish konsepsiyasi, Namangan temir yo‘l vokzalini yangidan qurish, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya va endokrinologiya ilmiy-amaliy markazlari Namangan filiallari binolarini rekonstruksiya qilish, ularni malakali kadrlar va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash, Kosonsoy tumanida yoshlar va o‘smirlar texnoparki bunyod etish loyihalari taqdimoti bo‘ldi.

Davlat rahbari Namangan shahrida kelasi yili namunaviy loyiha asosida 18 ta ko‘p qavatli turar joy qurilishini ta’kidladi. Kvartiralarni taqsimlashda adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish lozimligini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0