Shavkat Mirziyoyev: Nuroniylarni e’zozlagan kam bo‘lmaydi

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishPojiloy uzbek v Samarkande. Uzbekskaya SSR
Pojiloy uzbek v Samarkande. Uzbekskaya SSR - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Namangan viloyatiga tashrifi doirasida "Nuroniy" jamg‘armasining Namangan viloyati bo‘limi yangi binosi va "Nuroniylar maskani" bilan tanishdi

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi doirasida "Nuroniy" jamg‘armasining Namangan viloyati bo‘limi yangi binosi va "Nuroniylar maskani" bilan tanishdi. Bu haqda prezident rasmiy veb-saytida xabar qilindi.

Shavkat Mirziyoyevning keksalar bilan uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Prezident keksalar uchun avtobus ajratish zarurligini ta’kidladi

"Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Mamlakatimizda yoshi ulug‘ insonlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zotan, nuroniylarni e’zozlagan kam bo‘lmaydi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Jamg‘armaning Namangan viloyati bo‘limida ma’muriy bino, choyxona barpo etilgan. Barcha xonalar zamonaviy mebel va kompyuter jamlamalari bilan jihozlanib, qulay ish sharoiti yaratilgan.

Prezident "Nuroniylar maskani"da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Oqsoqollar bilan suhbatlashdi.

Suhbatda yoshlar tarbiyasi, boshlang‘ich ta’lim tizimini takomillashtirish, yoshlarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Aholini ish bilan ta’minlash masalasi diqqat markazida bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 28-dekabrda prezidentning "O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilingan.

Yangiliklar lentasi
0