TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Farg‘ona shahridagi Nuroniylar maskanida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.
Mohir hunarmandlar qo‘lida sayqal topgan ayvonlar, naqshinkor ustunlar ijtimoiy markaz husniga husn qo‘shgan.
Prezident bu yerdagi sharoitlarni yanada yaxshilash, xususan, keksalar uchun avtobus ajratish zarurligini ta’kidladi. Nuroniylarning yoshlar bilan ishlashining izchilligini ta’minlash, jamiyatimiz ma’naviy barqarorligini mustahkamlashda ularning o‘rnini oshirish bo‘yicha tavsiyalar bildirdi, deyilgan xabarda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.