Mingbuloq neft koni ishga tushirilib, 130 dan ziyod ish o‘rni yaratildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishNeftanaya platforma
Neftanaya platforma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mingbuloq neft konidan yiliga 200 ming tonna suyuq uglevodorod qazib olish rejalashtirilgan

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi "Mingbuloqneft" O‘zbekiston — Xitoy qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi

Xabarda aytilishicha, mazkur loyiha O‘zbekistonning 2017-yil Davlat investitsiya dasturining manzilli ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ayni paytda bosh pudratchi — "Xibu Duolling Engineering" kompaniyasi burg‘ilash maydoni va vaxta qarorgohidagi tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazildi.

Joriy yilda Mingbuloq neft koni ma’muriy binosini ta’mirlash, M15 qidiruv-burg‘ilash qudug‘ini ishga tushirish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun Xitoy moliya-tijorat institutlari kiritadigan 15 million dollarga teng sarmoya o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.

"Mingbuloq konida qidiruv va qazib olish" loyihasi uzoq istiqbolga mo‘ljallangan keng ko‘lamli loyihadir. Loyiha doirasida 4 qidiruv-burg‘ilash qudug‘i ishga tushiriladi va 4 mavjud quduq kapital ta’mirlanadi.

Yaqinda bu yerda M15 qidiruv qudug‘i ishga tushirildi. Quduqda burg‘ilash ishlari katta — 6 ming metrgacha chuqurlik, anomal bosim — 1200 atmosfera bosimi va kollektorlarning geologik murakkab tuzilishi sharoitida olib borilishi eng zamonaviy muhandislik yechimlarini taqozo etadi. 25-yilga mo‘ljallangan va umumiy qiymati 255 million dollardan ortiq bo‘lgan ushbu loyiha natijasida Mingbuloq neft konidan yiliga 200 ming tonna suyuq uglevodorod qazib olish rejalashtirilgan.

M15 qidiruv-burg‘ilash qudug‘ining ishga tushirilishi bilan 130 dan ziyod ish o‘rni yaratildi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 11-13 may kunlari Xitoyga davlat tashrifi davomida Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi Van Ilin bilan uchrangan edi. Uchrashuvda yuqori texnologiyalar sohasidagi loyihalar ijrosining istiqbollari va O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga Xitoy sarmoyasini jalb etish masalalari muhokama qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0