TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 7-iyul kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi "Darakchi".
Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida bu boradagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, mamlakatimizning barcha hududlari qatori Namangan viloyatini ham izchil rivojlantirish bo‘yicha ulkan reja va maqsadlarni bayon etgan edi.
Prezident Namanganga tashrifi davomida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va istiqbolli loyihalar bilan tanishadi.