O‘zbekiston TIV delegatsiyasi Kot-d' Ivuar Respublikasiga boradi

Obuna bo‘lish
Shu yilning 10-11 iyul kunlari Abidjan shahrida (Kot-d' Ivuar Respublikasi) Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 44-sessiyasi bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi shu yilning 10-11 iyul kunlari Abidjan shahrida (Kot-d' Ivuar Respublikasi) Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 44-sessiyasida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonning RFdagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan brifing - Sputnik O‘zbekiston
Ta’lim, texnologiyalar va xavfsizlik: O‘zbekistonning IHTdagi ustuvor yo‘nalishlari

Sessiyada 2016-2017 yillardagi O‘zbekistonning IHT TIVKdagi raisligi yakunlarini ko‘rib chiqish, tashkilot faoliyatiga oid qator masalalarni muhokama qilish va siyosiy, huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish rejalashtirilgan.

2016 yil 18-oktabrda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning IHT TIVKning Toshkentda bo‘lib o‘tgan 43-sessiyasida so‘zlagan ma’ruzasida ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun "Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqotlar markazi to‘g‘risida" va "Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkilotining (ISESCO) Maxsus kafedrasini Toshkent islom universiteti tarkibida tashkil etish to‘g‘risida"gi maxsus rezolyutsiyalarning qabul qilinishi kutilmoqda.

TIVKning 44-sessiyada raislik O‘zbekiston Respublikasidan Kot-d"Ivuar Respublikasiga rasman o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0