O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot yetkazishdagi muammolar hal etiladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishGruzchiki rabotayut na sklade ovoshey i fruktov
Gruzchiki rabotayut na sklade ovoshey i fruktov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya qishloq xo‘jalik vazirligida O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiya bozoriga yetkazib berish hajmini oshirish, xususan "soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi" bo‘yicha chora-tadbirlarni muhokama qilindi

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Rossiya qishloq xo‘jalik vazirligida O‘zbekistondan Rossiya hududiga meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish masalalari bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston ishchi guruhining 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Mejdunarodnaya plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2017-yilda 102 ming tonnaga yaqin meva-sabzavot eksport qildi

Tomonlar O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiya bozoriga yetkazib berish hajmini oshirish, xususan "soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi" bo‘yicha chora-tadbirlarni muhokama qildilar.

Uchrashuvda ikki tomon vakillari O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot yetkazish hajmini oshirishga to‘siq bo‘layotgan muammo va cheklovlarni muhokama qilishdi va ularni hal qilish bo‘yicha harakatlarni davom ettirishga kelishib olishdi.

Bundan tashqari, "O‘zagroeksport" MChJ vakillarining hisoboti tinglandi hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui belgilab olindi.

Yig‘ilishda Rossiya qishloq xo‘jalik, tashqi ishlar, iqtisodiy taraqqiyot, transport vazirliklari, Rossiya qishloqxo‘jaliknazorat, iste’molchilar nazorati va bojxona xizmati vakillari ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0