TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Latviya elchisi Edgar Bondars Riganing Toshkent bilan muntazam aviareyslarni ochishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda "O‘zbekiston havo yo‘llari" matbuot xizmati.
Bundan tashqari, u mamlakatlar o‘rtasida turizm sohasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istagini bildirgan.
O‘z navbatida aviakompaniya bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Akmal Akbarov 2017-yilning 27-iyulidan Toshkent — Nyu-York — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-tg‘ri qatnovlar yo‘lga qo‘yilishi bilan Toshkent — Riga — Toshkent yo‘nalishidagi parvozlar davom etishini ma’lum qildi.