TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. 28 iyun kuni Tashqi savdo vazirligida "Zhejiang Jiyou Industrial Co.Ltd." xitoy kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi vazirlik matbuot-xizmati.
"Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonda mavjud xom-ashyo, yuqori malakali ishchi kuchi va xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar mavjudligini hisobga olib bolalar o‘yinchoqlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istiqbolariga tegishli masalalar muhokama qilindi", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, may oyining ikkinchi yarmida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarorni imzolagan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.