Putin sakkiz generalni ishdan oldi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v rasshirennom zasedanii kollegii MVD Rossii
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v rasshirennom zasedanii kollegii MVD Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentining rasmiy farmonida kadrlar o‘zgarishi sabablari haqida xabar qilinmagan. Iste’foga chiqarilgan rahbarlar o‘rniga yangi rahbarlar tayinlandi.

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin IIV, FVV va FSIN (Jazo o‘tash federal xizmati) sohalarida ishlaydigan 8ta generalni ishdan oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rossiya prezidentining ushbu qarori huquqiy ma’lumotlar rasmiy portalida e’lon qilindi. Hujjatda kadrlar o‘zgarishi sabablari haqida xabar qilinmagan.

Vazifalaridan ozod qilingan generallar ro‘yxati quyidagicha:

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin o‘z tug‘ilgan kunida 10 nafar generalni lavozimidan ozod qildi

IIV vazirligi Transport boshqarmasi rahbari politsiya general-mayoriAndrey Andreyev, IIV nazorat-reviziya boshqarmasi rahbari ichki xizmat general-mayoriYevgeniy Barikayev, Sverdlovsk viloyati FVV boshqarmasi rahbari general-mayor Andrey Zelenskiy, Kemerovo viloyati IIV boshqarmasi rahbari politsiya general-leytenanti Yuriy Larionov, Tiva  Respublikasi ichki ishlar vaziri politsiya general-mayori Aleksandr Lobanov, Rostov viloyati FSIN bosh boshqarmasi rahbari ichki xizmat general-leytenanti Sergey Smirnov, Kemerovo viloyati IIV boshqarmasi rahbari o‘rinbosari, Tergov qo‘mitasi rahbari general-mayor Vladimir Shepel, IIV Tergov departamenti rahbari birinchi o‘rinbosari general-leytenant Yuriy Shinin.

Shuningdek, prezident Buratiya prokurori Valeriy Petrovni va Sud ijrochilari xizmati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Sazanovlarni ham iste’foga chiqardi.

Iste’foga chiqarilgan rahbarlar o‘rniga yangi rahbarlar tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning bahorida ham Vladimir Putin farmoniga asosan IIV, FVV va FSIN organlari safida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0