Putin o‘z tug‘ilgan kunida 10 nafar generalni lavozimidan ozod qildi

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 7-oktabrdagi Farmoni bilan Rossiya IIVning 10 nafar generali egallab turgan lavozimidan ozod etildi

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. "…Politsiya general-mayori — Rossiya IIV tashkiliy ishlar boshqarmasi boshlig‘i Vedenov Leonid Vladimirovich; Rossiya IIV xususiy xavfsizlik Ichki ishlar vazirligi Davlat Boshqarmasi boshlig‘i — general-leytenant Lebedev Sergey Antalyevich; Rossiya IIV aviatsiyasi va tezkor maxsus guruh kuchlari markazi boshlig‘i — general-mayor Xaustov Vacheslav Vasilyevich egallab turgan lavozimidan ozod qilinsin" — deyilgan juma kuni Rossiya huquqiy axborot portalida nashr qilingan prezident farmonida.

Egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgan politsiya maxsus bo‘linmalari va Rossiya IIV xizmatlari rahbarlari amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida Rossiya Milliy Gvardiyasiga o‘tkaziladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Peskov Vladimir Putin o‘z tavallud ayyomini qanday nishonlashini aytdi
Shuningdek, yangi muassasa tarkibiga o‘tkazilishi munosabati bilan boshqa rahbarlar ham Vladimir Putin farmoniga asosan o‘z egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 7-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Vladimir Markin ham Putin farmoniga asosan o‘z lavozimidan ozod etilgan edi.

Markin sal vaqtdan so‘ng o‘z iste’fosi sababini Tvitter ijtimoiy tarmog‘ida she’riy tarzda ifodaladi: "Dushmanlar yayramoqda, do‘stlar esa "charchading" dedi… Ammo ikkisi ham yanglishdi: men shunchaki manzilimga keldim endi"…

Jurnalistlarga bergan intervyusida Markin "Rossiyaning yirik ishlab-chiqarish kompaniyasi bo‘lmish  — "Rosgidro"ga Bosh direktor o‘rinbosari etib tayinlangani" haqida ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0