TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. "Katta yigirmatalik" sammiti arafasida Germaniya kansleri va Xitoy yetakchisi o‘rtasida "panda-diplomatiya"si namoyish qilindi.
Xitoy Xalq Respublikasida pandalarni ko‘paytirish bo‘yicha milliy dasturi qabul qilingan bo‘lib, uning yordamida ko‘plab xorijiy davlatlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ushbu dasturga ko‘ra Xitoy hukumati tomonidan panda xorijiy mamlakatlarga vatanga qaytarish sharti bilan vaqtinchalik ijaraga beriladi.
Xitoy hukumati tomonidan Szao Sin va Men Men ismli pandalar Germaniyaga taqdim etilgan. Sammitdan oldin bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Angela Merkel va Si Szinpin ushbu ikki panda yangi joyga moslashganligini tasdiqlashdi. Pandalarning ko‘rinishi juda yaxshi va sog‘lom.
Kelgusi 15-yil davomida pandalar Berlin shahrida yashaydi. Buning evaziga Germaniya hukumati har yili Xitoyga 1 mln dollar o‘tkazadi.
Ushbu mablag‘larning asosiy qismi Xitoyda pandalarni ko‘paytirish bo‘yicha qabul qilingan milliy dasturiga sarflanadi.
Ma’lumot uchun: katta panda yoki bambuk pandasi asosan Xitoyning markaziy tog‘li hududlarda yashaydi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab panda Xitoyning milliy timsoliga aylandi. Shuningdek, katta panda Butunjahon tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi timsoli ham hisoblanadi.
2016 yilgacha panda yo‘qolib kelish arafasida turgan hayvonlar ro‘yxatida bo‘lgan. Olimlarning hisob-kitobiga qaraganda dunyoda atigi 2 mingdan ortiq panda qolgan. Xitoyda pandani o‘ldirgan shaxsga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llaniladi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.