TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp ilk uchrashuvi sanasi kelishib olindi. Ushbu uchrashuv 7-iyul kuni Germaniyaning Xamburg shahrida bo‘lib o‘tadigan "Katta yigimatalik" sammitida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
Kuni kecha uchrashuv chog‘ida xalqaro terrorizmga qarshi kurashish, shuningdek, Suriya va Ukrainadagi vaziyat muhokama qilishi rejalashtirilganligi ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Putin va Tramp shu yil boshidan 3-marta telefon orqali suhbat o‘tkazishgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.