TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. 2017-yil 7-iyul kuni Oliy majlis Senati rahbariyati va senatorlar yarim yillik faoliyati bo‘yicha jonli efirda xalqqa hisobot beradilar. Bu haqda Facebookda Xalqaro Press klub raisi Sherzod Qudratxojayev o‘z sahifasida izoh qoldirdi.
Rahbar va mansabdorlar faoliyati hisobot berish tizimi orqali baholanishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilangan edi.
Jumladan, O‘zbekiston prezidenti O‘zbekiston Konstitutsiya qabul qilinganining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida kelasi yildan boshlab barcha rahbarlar xalq oldida hisobot berishlarini ma’lum qilgan edi.
"Hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan — shu xalq. Barchamizga tuz-nasiba bergan ham — shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib saylagan ham aynan shu xalq. Shunday ekan, biz birinchi navbatda kim bilan muloqot qilishimiz kerak", — deb ta’kidlagan edi prezident.