TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Ilgariroq bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan jonli muloqot o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
Muloqotni Xalqaro press klub raisi, siyosatchi Sherzodxon Qudratxo‘jayev boshlab berdi.
Qudratxo‘jayev bugun muloqot davomida xorijdagi fuqarolar yo‘llagan savollar o‘qib eshittirilishini aytib o‘tdi".
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov muloqotni videoanjuman qatnashchilariga minnatdorchilik bildirishdan boshladi.
Va bugungi anjumanda e’tibor xorijdagi o‘zbekistonliklar huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilishini e’lon qildi.
O‘zbekiston TIV rahbari Rossiyadagi o‘zbekistonliklar soni rasmiy manbalarda 1,7 mln etib ko‘rsatilayotgani tufayli shu bois, Rossiyadagi o‘zbeklar manfaatlarini himoya qilishga e’tibor qaratilishini aytdi.
Kamilov bugungi kunda Rossiyada TIV vakolatxonalari soni ko‘paytirilganini aytgan holda, jumladan qonunchilikda ham o‘zgarishlar bo‘lganini, misol uchun pasportini yo‘qotgan shaxslarga yengilliklar berilganini aytib o‘tdi.
"ilgarilari pasportini yo‘qotgan fuqaro shaxsini tasdiqlash uchun ketadigan vaqt 3 oydan iborat bo‘lsa, endilikda bu 7 kuyenga qisqardi" dedi Kamilov.
Bundan tashqari, Kamilov eski nobiometrik pasportning chet elda amal qilish muddati 2018-yilgacha ekanligini eslatib o‘tdi.