Arab mamlakatlari Qatarni qamal qilishni davom ettiradi

© Khaled ELFIQI / POOL / AFPEgyptian Foreign Minister Sameh Shoukry (L), Bahraini Foreign Minister Khalid bin Ahmed al-Khalifa (2nd-L), Saudi Foreign Minister Adel al-Jubeir (2nd-R), and UAE Minister of Foreign Affairs and International Cooperation Abdullah bin Zayed Al-Nahyan (R) meet in the Egyptian capital Cairo on July 5, 2017
Egyptian Foreign Minister Sameh Shoukry (L), Bahraini Foreign Minister Khalid bin Ahmed al-Khalifa (2nd-L), Saudi Foreign Minister Adel al-Jubeir (2nd-R), and UAE Minister of Foreign Affairs and International Cooperation Abdullah bin Zayed Al-Nahyan (R) meet in the Egyptian capital Cairo on July 5, 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi to‘rt arab mamlakati Qatardan Eron bilan diplomatik munosabatlarni cheklash, turk harbiy bazasini yopish, terrorchilarga yordam ko‘rsatishni to‘xtatish, hamda "Al-Jazeera" telekanalini yopishni talab qilmoqda.

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatarni iqtisodiy va siyosiy qamal qilishda davom  ettiradi, deb xabar qilmoqda Al-Jazeera telekanali.

Goroda mira. Doxa - Sputnik O‘zbekiston
Qatar hukumati qirol oilasi ozod etilishi uchun jangarilarga 1 mlrd dollar to‘ladi

To‘rt arab mamlakati tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida, Saudiya Arabistoni vaziri Adel al-Djubeyr Qatarni iqtisodiy va siyosiy boykot qilish Qatar o‘z siyosatini o‘zgartirmaguniga qadar davom etishini, hamda arab koalitsiyasi xalqaro huquq tomonidan ruxsat berilgan barcha choralarni qo‘llashini xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz,  23-iyun kuni Saudiya Arabistoni boshchiligidagi to‘rt arab mamlakati Qatarni terrorchilarga yordam berishda va qo‘shni mamlakatlar ichki ishlariga aralashishda ayblab, unga ultimatum qo‘ygan edi. 

Ultimatum 13 punktdan iborat bo‘lib, ular orasida Eron bilan diplomatik munosabatlarni cheklash, turk harbiy bazasini yopish, terrorchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishni to‘xtatish, hamda "Al-Jazeera" telekanali faoliyatiga chek qo‘yish kabi talablar bor.

Qatar o‘z navbatida ushbu talablarni o‘z suverenitetining buzilishi, OAV erkinligini cheklash va o‘z ichki ishlariga aralashish deb baholagan va ularning bajarishning iloji yo‘q degan edi.

Shunday keyin  ushbu mamlakatlar Qatar bilan diplomatik, iqtisodiy va chegara, tranzit aloqalarini uzgan, 5-iyuldan boshlab esa Qatarni blokada, ya’ni transport va fuqarolarning kirish-chiqishini qat’iyan cheklab qo‘ygan edi.

Eslatib o‘tamiz, dunyo xaritasiga nazar solganda Qatar yarim orol ekanini va u quruqlik tomonidan faqat Bahrayn bilan chegaradosh ekanini ko‘rish mumkin. Agar ushbu chegara yopilsa, Qatar oziq-ovqatsiz qolishi muqarrar. Shuning uchun Turkiya va Eron blokada e’lon qilinganidan boshlab Qatarga samolyot orqali oziq-ovqat mahsulotlari yetkizib bera boshladi.

Yangiliklar lentasi
0