Qatar hukumati qirol oilasi ozod etilishi uchun jangarilarga 1 mlrd dollar to‘ladi

© Sputnik / Abdulkader Xadj / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Doxa
Goroda mira. Doxa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabiston chegarasi hududi yaqinida lochin ovi paytida qirol oilasi noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘rilab ketilgan edi. Qatar hukumati 26 nafar kishini qo‘yib yuborilishi uchun 1 mlrd dollar mablag‘ to‘ladi.

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Iroqda qirol oilasi qo‘yib yuborilishi uchun Qatar hukumati tomonidan 1 mlrd dollar mablag‘ to‘langan, deb xabar berdi Financial Times nashri.

Ushbu mablag‘ 26 nafar qirol oilasi qo‘yib yuborilishi uchun to‘landi. Xabarda aytilishicha, Qatar hukumati ushbu pullar Suriyadagi "Al-Qoida" terrorchilik uyushmasi bilan bog‘liq bo‘lgan guruhlar va Eron xavfsizlik xizmatiga berildi. Ushbu kelishuv aprel oyida amalga oshirilgan.

Posledstviya vzriva v Kabule - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston poytaxtida navbatdagi portlash sodir bo‘ldi

RIA Novosti ma’lumotiga ko‘ra, o‘g‘irlangan shaxslar orasida Qatar qirol oila a’zolari ham bo‘lgan. Asirga olingan shaxslarni qo‘yib yuborilishi haqida Eron, Qatar va "Xezbolla" harakati o‘rtasida muzokaralar olib borildi. Joriy yil aprel oyida 26 nafar kishi ozod etilib, Eronda Qatar elchisiga topshirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yil dekabr oyida harbiy kiyimda bo‘lgan noma’lum shaxslar tomonidan Nadjaf sahrosi yaqinida ov lageridan qatarlik ovchilar o‘g‘irlab ketilgan edi. 

Dushanba kuni, Mirs, Saudiya Arabiston, Baxreyn, BAA Qatar bilan diplomatik aloqalar to‘xtatilganligi haqida ma’lum qilingan. Qatarga terrorchilik uyushmalarni qo‘llab-quvvatlashi haqida ayb qo‘yildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0