Polsha AQShning "Vatanparvar" raketalari bilan Rossiyadan o‘zini himoya qilmoqchi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishAmerikaning Patriot havo hujumiga qarshi mudofaa raketalari
Amerikaning Patriot havo hujumiga qarshi mudofaa raketalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Varshava va Vashington o‘rtasida Polshaga Patriot tizimlari yetkazib berilishi borasida kelishuv imzolandi

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Polsha milliy Mudofaa vazirligi va Pentagon o‘rtasida Varshavaga Patriot havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha bitim imzolandi, deb bayonot qildi Polsha Mudofaa vaziri Antoni Macherevich. RIA Novosti xabari asosida.

Hujjat Amerika prezidenti Donald Trampning Varshavaga tashrifi davomida imzolangan.

Macherevichning aniqlik kiritishicha, Polshaga yetkaziladigan majmualar eng so‘nggi o‘t ochishni boshqarish tizimi — IBCS bilan jihozlanadi. Raketalar 2022-yildan boshlab yetkazila boshlaydi. Varshava sakkizta Patriot uchun 7,5 milliard dollar  ajratishni rejalashtirgan.

Amerika qiruvchi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Polsha HHK sovet samolyotlarini Amerikanikiga almashtirishi mumkin
Polsha Mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, ushbu majmualar xaridi Polshani "har qanday dushman"dan himoya qilish, ya’ni mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat qiladi va Rossiya "Iskander"lariga qarshi samarali qarshilik ko‘rsatish imkonini beradi.

Varshava hukumati ilgariroq NATO askarlari va Amerika havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari o‘z hududida doimiy bo‘lishiga umid bildirgan edi.

Moskva "Rossiya NATOga a’zo davlatlarning birortasiga hech qachon hujum qilmasligi"ni muntazam ravishda takrorlab kelishiga qaramay, Varshava, Boltiqbo‘yi davlatlari, xususan, Polsha uchun "Rossiya tomondan bo‘ladigan xavf" haqida takrorlashdan charchamayapti.

Yangiliklar lentasi
0