Polsha HHK sovet samolyotlarini Amerikanikiga almashtirishi mumkin

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishAmerika qiruvchi samolyoti
Amerika qiruvchi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sovet davrida ishlab chiqarilgan samolyotlar Amerikada ishlab chiqarilgan F-16 va F-35 universal qiruvchi samolyotlariga almashtirilishi ehtimoli ko‘rib chiqilmoqda

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Polsha Mudofaa vazirligi Harbiy havo kuchlarini qayta ta’minlash maqsadida samolyotlar tanlamoqda. Harbiylar Amerikada ishlab chiqarilgan F-16 va F-35 rusumli universal qiruvchi samolyotlarni ko‘rib chiqishmoqda, ular o‘z navbatida sovet davridan qolgan Su-22 va MiG-29 rusumli qiruvchilarni yangilashi zarur, deb bayonot berdi Polsha Mudofaa vaziri o‘rinbosari Bartosh Kovnaskiy.

O‘zbekiston sovet davrining eski jangovar samolyotlarini sotuvga qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston sovet davrining eski jangovar samolyotlarini sotapti
Uning so‘ziga ko‘ra, hozirda harbiy aviatsiya holati boshqa qurolli kuchlar turlari bilan solishtirganda "qoniqarli" darajada: Harbiy havo kuchlari 48 dona bir o‘rinli va ikki o‘rinli F-16 rusumli samolyotlar bilan ta’minlangan. Shu bilan birga, vazir o‘rinbosariga ko‘ra, samolyotlar miqdori yetarli darajada emas.

"Eski Su-22 va MiG-29 rusumli samolyotlarni yangi zamonaviy samolyotlar bilan yangilash zarur. Lekin, yakuniy qaror qabul qilish uchun Mudofaa vazirligida F-16 rusumli samolyotlar va  boshqa, masalan F-35 rusumli samolyotlar bilan ta’minlash yuzasidan tahlil ishlari olib borilmoqda", — dedi Kovnaskiy.

Kovnaskiy oqilona qarorlar qabul qilish kerakligi haqida qo‘shimcha qildi.

Shu bilan birga amaldor, 2030-yildan boshlab Varshavada mudofaa harajatlarini yalpi ichki mahsulotning 2 %idan 2,5%igacha ko‘paytirish rejalashtirilgani haqida ma’lum qildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0