Turkiya fuqaroligini olmoqchi bo‘lganlar, O‘zbekiston fuqaroligidan chiqishi shartmi?

© Sputnik / Aleksey TixomirovO‘zbekiston pasporti
O‘zbekiston pasporti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TIV rahbariga Turkiyadagi o‘zbekistonlik ayol o‘z savoli bilan murojaat qildi

TOShKENT, 5-iyul — Sputniik. Jonli muloqot davomida Abdulaziz Kamilovga "Turkiya fuqaroligini qabul qilgan shaxs O‘zbekiston fuqaroligidan chiqishi kerakmi", degan mazmunda savol berildi.

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston TIV rahbari bilan jonli muloqot boshlandi
Kamilov ushbu savolga: "Chet davlat fuqaroligini qabul qilgan shaxs O‘zbekiston fuqaroligidan chiqishi kerak", — deb javob berdi.

Shuningdek, Kamilov, boshqa davlat fuqaroligini qabul qilishdan oldin shaxs bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga xabar berishi kerakligini eslatib o‘tdi.

Kamilovning so‘zlariga ko‘ra, TIVni xabardor etmasdan, boshqa davlat fuqaroligini qabul qilgan insonlar, O‘zbekiston prezidentining farmoyishi chiqarilgandan keyin O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotadilar.

Yangiliklar lentasi
0