O‘zbek o‘g‘lonlari Suriyaga tinchparvar missiyaga yuborilishi mumkinmi?

© Ammar AbdullaSuriyadagi holat
Suriyadagi holat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Biz o‘z manfaatimizni sotmaymiz, nima bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z manfaatimizni qattiq turib himoya qilamiz. Qo‘shnilarni ko‘ndirib, kun tartibidagi nozik masalalarni hal qilishga harakat qilamiz", - dedi Kamilov.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston TIV rahbariga bir guruh onalar nomidan o‘zbek o‘g‘lonlari Suriya yoki boshqa, ayni vaqtda janglar ketayotgan davlatlarda tinchparvar missiyalarga yuborilishi mumkinmi, degan savol kelib tushdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev O‘zbekistonning qat’iy siyosiy pozitsiyasini eslatib o‘tdi
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Rossiya Davlat Dumasining Mudofaa qo‘mitasi raisi Vladimir Shamanov RIA Novostiga Rossiyaning Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan Suriyaga qo‘shinlarni yuborish masalasida muzokaralar olib borayotganini xabar qilgan edi.
"Ayni damda muzokaralar olib borilmoqda. Rossiya harbiy politsiya xodimlari Suriyada tartibni saqlashda ishtirok etishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, Qozog‘iston va Qirg‘izistonlik hamkasabalarimizni taklif qilish masalasi ham. Shunday niyat bor, lekin bu borada hali qaror qabul qilinmagan", — dedi Shamanov.

Bu xabarni eshitgan o‘zbekistonlik ayollarda mamlakat o‘g‘lonlari ham Suriyaga yuborilar ekanda, degan qo‘rquv paydo bo‘lgan.

Kamilov O‘zbekiston o‘z o‘g‘lonlarini Suriyaga yubormasligini ma’lum qildi.

"Yuborilishi mumkin emas", — dedi yuqoridagi savolga javoban vazir.

Kamilov, shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining ilk nutqida O‘zbekistonning siyosatdagi asosiy yo‘nalishlarini tushuntirib berganini eslatib o‘tdi.

O‘shanda O‘zbekiston rahbari O‘zbekiston o‘z farzandlarini tinchparvarlik operatsiyalarga yubormasligini, shuningdek, O‘zbekiston hech qachon harbiy bloklarga qo‘shilmasligini va o‘z hududida xorij harbiy bazalari qurilishiga yo‘l qo‘ymasligi haqida aytganini yana bir bor qaytarib o‘tdi.

Kamilov onalardan tinch bo‘lishlarini hamda o‘z e’tiborlarini farzandlar ta’lim-tarbiyasiga qaratishlarini so‘radi.

Mid Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev o‘zining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakilini tayinladi
TIV rahbari so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston notinch davlatlar bilan ham, kelajakni o‘ylagan holda, aloqalarni rivojlantirishga harakat qilayotganini qo‘shimcha qildi.

"O‘zbekiston — do‘stona xalq. Biz hech qachon Afg‘oniston bilan urushmaganmiz. Afg‘onistondagi urush — bu sovet agressiyasi natijasi. Afg‘oniston bilan urush qilish qarori qabul qilinganida, biz bunda ishtirok etmaganmiz", — tushuntirdi Kamilov.

"Biz o‘z manfaatimizni sotmaymiz. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z manfaatimizni qattiq turib himoya qilamiz. Qo‘shnilarni ko‘ndirib, kun tartibidagi nozik masalalarni hal qilishga harakat qilamiz", — qo‘shimcha qildi Kamilov.

Yangiliklar lentasi
0