Shavkat Mirziyoyev o‘zining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakilini tayinladi

Obuna bo‘lish
Irgashev ilgari O‘zbekistonning Ozarbayjon va Xitoydagi elchisi sifatida ishlagan, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

TOShKENT, 26-may — Sputnik. Ismatilla Irgashev O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kecha O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov TIV Kollegiyasiga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlangan Ismatilla Irgashevni tanishtirdi.

Irgashev ilgari O‘zbekistonning Ozarbayjon va Xitoydagi elchisi sifatida ishlagan, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0