Andijonda 21 kilo marixuana sotgan "bog‘bon" qo‘lga olindi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishIzyatie marixuani
Izyatie marixuani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U Andijon viloyatida o‘tkazilayotgan "Qora dori-2017" tezkor-profilaktik tadbiri davomida Shahrixon tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida qo‘lga olingan

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Bo‘z tumanidagi mevali bog‘da ishlovchi Shahrixon tumanilik Ilhom Raimov (ism shariflari o‘zgartirilgan) 3 dona polietilen qopda bo‘lgan jami og‘irligi 21 kg. 160 gramm marixuana giyohvand moddasini 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.

Jinoyatchi - Sputnik O‘zbekiston
Chegaradan yarim sentner giyohvand modda olib o‘tayotgan afg‘onistonlik ushlandi

O‘zbekiston IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, u Andijon viloyatida o‘tkazilayotgan "Qora dori-2017" tezkor-profilaktik tadbiri davomida Shahrixon tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tuman IIB huzuridagi Tergov departamenti tomonidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0