Hodisalar

Chegaradan yarim tsentner giyohvand modda olib oʻtayotgan afgʻonistonlik ushlandi

© TSOS FSB RF /  / Mediabankka oʻtishJinoyatchi
Jinoyatchi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Maxsus operatsiya chogʻida Afgʻoniston bilan chegarada navbatdagi narkokuryer qoʻlga olindi

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari yirik miqdordagi giyohvand modda olib oʻtishga boʻlgan urinishni bartaraf etishdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri MXX matbuot xizmatiga asosan.

Milliy xavfsizlik xizmati giyohvandlikka qarshi kurash boʻlinmasi va Oʻzbekiston davlat chegaralarini qoʻriqlash qoʻmitasi xodimlari hamkorlikda oʻtkazgan maxsus operatsiya chogʻida Afgʻoniston bilan chegarada navbatdagi narkokuryer qoʻlga olindi. U afgʻon fuqarosi, Juzjon viloyatida yashovchi Meʼrojiddin Abduqodir oʻgʻli boʻlib chiqdi.

Giyohvand moddalarning yoʻq qilinishi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda giyohvandlikka qarshi kurash oyligi boshlandi

"Amudaryoni kesib oʻtgan narkokuryerning yonidagi qopda 51 kilodan oshiq afyun giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. Ushbu holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, respublika hududi orqali giyohvand moddalar kanalini tashkil etishga uringan guruh aʼzolari va tashkilotchilarini aniqlash ishlari olib borilmoqda", — deb maʼlum qildi MXX matbuot xizmati.

Xalqaro ekspertlarning hisoblariga koʻra, oʻtgan yili afgʻonistonda 200 ming gektardan ortiq maydonga koʻknori ekilgan, yigʻib olingan afyun xomashyosi esa 4800 tonnadan ortiq boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0